“Arqadag‘” ham Ostonaga yetib bordi
Olam
−
03 noyabr 2023
4513Bugun, 3 noyabr kuni Turkmanistonning sobiq prezidenti, turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Ostonaga yetib bordi. Bu haqda Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Gurbanguli Berdimuhamedovni aeroportda Qozog‘iston Bosh vaziri Alixon Smoilov kutib olgan.
Ma’lumot uchun, Berdimuhamedov bugun, 3 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkilotining yubiley X sammitida kuzatuvchi davlat vakili sifatida ishtirok etadi. Sammitda TDTga raislik O‘zbekistondan Qozog‘istonga o‘tadi. Yetakchilar Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qiladi, dolzarb global va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashadi.
Sammitda Ozarbayjon, Qirg‘iziston va O‘zbekiston Prezidentlari – Ilhom Aliyev, Sadir Japarov va Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, TDT kuzatuvchilari davlat/hukumat rahbarlari hamda TDT Bosh kotibi ishtirok etishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu vaqtga kelib Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ostonaga yetib borgan.
LiveBarchasi