“Aristokratlar” “tulkilar ovi”da g‘alaba qozondi

Sport

image

Bugun, 20 noyabr kuni Angliya Premer ligasining 12-turi doirasida “Chelsi”ni “King Pauer” stadionida “Lester” mehmoni bo‘ldi va yirik hisobda g‘alaba qozonib, turnir jadvalidagi peshqadamlikni mustahkamladi – 3:0.

Birinchi bo‘lim tezkor gol bilan boshlandi. 14-daqiqada himoyachi Antonio Ryudiger Ben Chiluellning uzatmasidan so‘ng, hisobni ochdi. 28-daqiqada yarim himoyachi Ngolo Kante maydon markazidan solo yurishni amalga oshirdi va to‘pni darvozaning yuqori to‘qqizligiga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limning 71-daqiqasiga kelib, Kristian Pulishich hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Unga “aristokratlar”ning marokashlik vingeri Hakim Ziyesh assistentlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” 12-turdagi g‘alaba evaziga 29 ochko to‘plagan holda APLda 1-o‘rinni egallab turibdi. “Lester Siti” esa 15 ochko bilan 12-o‘ringa tushib qoldi. Shuningdek, kuchli uchlikdan ”Manchester Siti” (23) va “Vest Xem” (23) klublari joy olgan.

Ma’lumot uchun, “Lester” va “Chelsi”chrashuvini Pol Tirni boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Unga qanotlarda Konstantin Xatsidakis va Nil Devis yordam berishdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi APL Lester Tuxel'

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing