Aripovning Matbuot kotibi Vazirlar Mahkamasi xodimida koronavirus aniqlangani bo‘yicha bayonot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xodimida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Matbuot kotibi QALAMPIR.UZ’ga rasmiy bayonot berdi. 

“O‘rganishlar natijasida koronavirus ularda klinik belgilarsiz (simptomlarsiz) kechayotgani ma’lum bo‘ldi.

Belgilangan tartibda zarur choralar ko‘rilib ushbu xodimlar shifokorlar nazoratiga olindi. Ular bilan ish jarayonida muloqotda bo‘lgan xodimlar ikki hafta muddatga karantinga o‘tkazildi va ayni paytda Vazirlar Mahkamasi doimiy tartibda ishlamoqda.

Shuni alohida qayd etish lozimki, Hukumat pandemiya davrida muntazam ravishda faoliyat yuritib kelmoqda”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 5730 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 4166 kishi sog‘aygan, 19 nafari vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

346

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing