Aripov va Ortiqxo‘jayev Toshkentdagi bozorlarda nazorat o‘tkazdi
Jamiyat
−
19 aprel 2021
10805O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika Maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, qator mutasaddilardan iborat ishchi guruh Toshkent tumanlariga chiqib, hududlardagi holatni o‘rgandi.
Ishchi guruhiga O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev boshchilik qildi.
Xususan, ishchi guruh a’zolari poytaxtdagi bozorlar, supermarketlar, savdo-ko‘ngilochar markazlari va boshqa savdo maskanlariga tashrif buyurib, sotuvchilar, xaridorlar, ma’muriy xodimlar tomonidan karantin qoidalariga rioya qilinishi, ma’muriyat va epidemiologik osoyishtalik xizmatlarining karantin talablariga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.
Ma’lumot uchun, Respublikasi maxsus komissiyasi qarori bilan kecha, 18 apreldan mamlakatda karantin choralari kuchaytirildi. Xususan, bog‘cha va maktablarda kasallanish holati aniqlansa, ularning faoliyatini zudlik bilan to‘xtashish va 2 haftaga karantinga olish belgilandi.
Ayni Ramazon oyida taroveh namozlarini ochiq hududlarda ado etish, iftorliklarni imkon qadar oila davrasida yoki 100 kishidan oshmagan holatda o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.
1 maydan boshlab, konsert tomosha tadbirlarini yopiq maskanlarda o‘tkazish kabi qator cheklovlar belgilandi.
LiveBarchasi