Aripov O‘zbekiston va Rossiya savdo aylanmasi belgilangan marraga yetishini aytdi
Olam
−
22 iyun 2021
4237Rossiya va O‘zbekiston orasidagi savdo aloqalari hajmi yaqin orada 10 milliard dollarga yetishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya – O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining 2-yig‘ilishida aytib o‘tdi.
O‘zbekiston Bosh vaziri aytishiga qaraganda, pandemiyaga qaramasdan, yil boshidan buyon O‘zbekiston va Rossiya orasida savdo hajmi 15 foiz o‘sishi kuzatilmoqda.
“Savdo hajmi o‘sishda davom etgan taqdirda biz yaqin orada, belgilangan marra – 10 milliard dollarga yetamiz”, deydi Aripov.
Ma’lumot uchun, bugun 22 iyun kuni Moskvada Rossiya va O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida 12 ta shartnoma va kelishuvlar imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, hukumatlararo komissiya yig‘ilishida Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin Rossiya O‘zbekiston bilan ko‘plab sohalarda amaliy tajriba almashishga tayyor ekanini ta’kidladi. Shuningdek, RF hukumat rahbari O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarni rivojlantirish kerakligini qo‘shimcha qildi.
LiveBarchasi