Aripov Rahmonni ham kutib oldi
Jamiyat
−
09 noyabr 2023
5701Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida bir guruh rasmiylar kutib oldi. Shundan so‘ng, Oliy martabali mehmon o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.
Ma’lumot uchun, bugun, 9 noyabr kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan IHT sammitida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy rafiqalari hamrohligida Toshkentga yetib kelgandi. Shu paytgacha Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar va Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailov ham IHT sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan.
LiveBarchasi