Aripov Olmaotada Qozog‘iston Bosh vaziri bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 2 fevral kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Yevrosiyo hukumatlararo kengashi va raqamli forumda ishtirok etish uchun Qozog‘istonning Olmaota shahriga bordi. Bu haqda hukumat portalida ma’lum qilindi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda uning qozog‘istonlik mavqedoshi Alixan Smailov raisligida ikki mamlakat hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bildirilishicha, suhbat davomida mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda o‘zaro hurmat ruhida jadal rivojlanayotgani ta’kidlangan.

Xususan, o‘tgan 7 yilda tovar ayirboshlash hajmi 2 barobar oshgani aytilgan.

“Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida muhim qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Transport hamda energetika sohasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. Mintaqalararo hamda madaniy-gumanitar hamkorlik yanada kengayyapti”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston Abdulla Aripov Alixan Smailov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing