Aripov migrantlar guvohnomalarini tan olish bo‘yicha taklif bildirdi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov MDHda mehnat migrantlarining guvohnomalarini tan olish tartibini unifikatsiya qilish zarurligini ma’lum qildi.  

“Mehnat migrantlarining guvohnomalarini o‘zaro tan olishning yagona mexanizmini ishlab chiqish taklif qilinmoqda”, degan u kecha, 12 noyabr kuni videokonferensiya formatida bo‘lib o‘tgan MDH Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida. 

Shuningdek, u Hamdo‘stlik mamlakatlari iqtisodiy o‘sish ehtiyojlarini hisobga olgan holda MDH mehnat bozorini yaxshilash bo‘yicha birgalikda chora-tadbirlar ko‘rish dolzarbligini ta’kidlagan. 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil boshida 1,6 milliondan ortiq kishi (iqtisodiy faol aholining qariyb 20 foizi) O‘zbekistondan tashqarida, jumladan, 1,2 millionga yaqini Rossiyada mehnat qilgan. 

Avvalroq, Rossiyada migratsiya qonunchiligini kodlashtirish va qo‘shni davlatlardan mamlakatga kirib kelayotgan barcha mehnat muhojirlarini majburiy genomik ro‘yxatga olish tartibi o‘rnatilishi mumkinligi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

migrant Aripov

Baholaganlar

250

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing