Aripov Qirg‘izistonda O‘zbekiston bergan $3,5 mlnga qurilgan maktabni ochib berdi
Olam
−
01 aprel 2022
10919Bugun, 1 aprel kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston hukumati rahbari Aqilbek Japarov bilan Botken viloyatining Leylek tumani Margun qishlog‘idagi maktabni ochib berdi.
Ikki davlat Hukumat rahbarlari marosimda videokonferensiya orqali ishtirok etgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston ushbu muassasa qurilishiga 3,5 million dollar ajratgan. O‘quv muassasasi 330 o‘ringa mo‘ljallangan.
“Bugungi tadbir qardoshlik rishtalarimiz tobora mustahkamlanib, rivojlanib borayotganidan dalolatdir”, deydi Aqilbek Japarov.
Avvalroq Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonning O‘sh shahriga borgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi