Aripov Eron vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Olam
−
12 avgust 2019
5344Eron O‘zbekiston bilan keng qamrovli aloqalarni yo‘lga qo‘yishga tayyor. Bu haqda Eron vitse-prezidenti Isxoq Jahongiri O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuvda aytib o‘tdi. Uchrashuv birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tdi.
Isxoq Jahongirining so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda har tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi hujjat imzolanishi uchun ikkala mamlakat ham savdo-sotiqdagi to‘siqlarni olib tashlashga harakat qilishlari kerak.
Madaniy hamkorlikning potensialiga ishora qilib, u Islom Respublikasi tarixiy obidalarni tiklash va restavratsiya qilish bo‘yicha katta tajribaga ega ekanligini va bu bilimlarni baham ko‘rishga tayyorligini ta’kidladi.
Uchrashuvda Eron vitse-premeri o‘zbek-fors munosabatlariga boshqa davlatlarning aralashuviga yo‘l qo‘ymaslikni ta’kidlagan. “Umumiy manfaat va tahdidlarga ega O‘zbekiston va Eron mintaqadagi eng muhim o‘yinchilar ekani, xavfsizlik sohasidagi o‘zaro hamkorlik mintaqaviy barqarorlikka yordam berishi”ni ta’kidlagan.
O‘z navbatida Abdulla Aripov ikki davlat mintaqada ekstremizmni yo‘q qilish uchun ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni davom ettirish zarurligini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston Eron kompaniyalarining investitsiyalarini mamnuniyat bilan qabul qilib, so‘nggi oylarda ikki tomonlama hamkorlik va savdo aloqalari o‘tgan yilga nisbatan yaxshilanganini, ammo hamkorlik uchun barcha imkoniyatlardan foydalanish kerakligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 11 avgust kuni Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida “Turkman Sahrosi 2019” avtomobilsozlik sohasida innavatsion texnologiyalar va yutuqlar xalqaro ko‘rgazmasi ochildi va unda “O‘zavtosanoat” AJ mahsulotlari namoyish etildi.
Mazkur ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – Turkmanistonning avtomobilsozlik, avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish sohasiga innavatsion yechimlarni jalb qilishdan iborat.
LiveBarchasi