Aripov bilan YTHga uchragan Sultonov yana mansabga qaytdi
Jamiyat
−
18 may 2023
21140Sobiq Energetika vaziri Alisher Saidabbasovich Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning neft-gaz, kimyo va energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Alisher Sultonov 2019 yildan 2022 yilning apreliga qadar Energetika vaziri lavozimida faoliyat yuritdi.
U 1967 yilda tug‘ilgan. A.F.Mojayskiy nomidagi harbiy-muhandislik institutini tamomlagan. 1996−1998 yillarda “O‘zneftqaytaishlash” kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi bo‘yicha shartnomani bajarish bo‘yicha direksiyasining uskuna va qurilmalarni tayyorlash hamda qabul qilishni nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlagan.
1998−1999 yillarda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi qurilishida bosh mutaxassis, 1999−2002 yillarda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi Sho‘rtan qurilishi boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
2017 yildan 2019 yilga qadar Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 19 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va o‘sha vaqtdagi Bosh vazir maslahatchisi – Energetika vaziri Alisher Sultonov o‘tirgan avtomobil Toshkent viloyatida YTHga uchragan edi.Sultonovga chap son suyagi chiqishi, chanoq kosachasi yopiq sinishi, ko‘krak qafasi 7-10 qovurg‘alari yopiq sinishi, bosh tepa sohasi lat yeyishi tashhisi qo‘yilgandi.
Ushbu hodisa Alisher Sultonovning jismoniy holatida o‘z asoratini qoldirgan. U avtohalokatdan ikki kun o‘tib, 2018 yilning 21 avgust kuni jarrohlik amaliyoti uchun Germaniyaga jo‘nab ketgan edi. Shundan keyin ham Sultonov ko‘plab tadbirlarda hassada ko‘rinish bergan.
LiveBarchasi