Sobiq energetika vaziri Prezidentning vakili bo‘ldi
Jamiyat
−
14 iyul 7693 1 daqiqa
Alisher Saidabbosovich Sultonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbarining tegishli farmoni imzolandi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Alisher Sultonov 1967 yil 29 noyabr kuni tug‘ilgan. U 2017 yanvar – 2018 yanvar davri mobaynida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, keyinchalik 2018 yil dekabr oyigacha Qo‘mita vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. Shuningdek, ma’lum muddat O‘zbekiston shaxmat federatsiyasini boshqargan. Uzoq yillar davomida “O‘zbekneftgaz” boshqaruvida faoliyat olib borgan.
2017-2022 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, 2019 yil 16 fevraldan 2022 yil 7 iyungacha – bosh vazir o‘rinbosari, energetika vaziri, 2020 yildan 2022 yilgacha – O‘zbekiston Rowing&Canoe federatsiyasi raisi bo‘lgan. 2022 yildan buyon O‘zbekiston Prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Sultonov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan energetika vaziri lavozimidan ozod etilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr