Alisher Sultonov elektr ta’minoti masalasida Prezidentga va’da berdi
Jamiyat
−
25 mart 2021
97122021 yilda elektr tarmoqlari tizimida jami430 mln dollarlik ishlar amaga oshiriladi. Bu haqda Energetika vaziri Alisher Sultonov Prezident raisligida o‘tkazilgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Elektr tarmoqlari bo‘yicha 2021 yilning oktyabr oyigacha amalga oshiradigan ishlarimiz to‘g‘risida hisobot bersam. Tahlillarga ko‘ra, 25 yil davomida, ya’ni 2016 yilgacha 9 300 kilometr elektr tarmoqlari qurilib, 4 800 ta transformator o‘rnatilgan. Oxirgi 4 yilda esa 25 ming kilometr elektr tarmoqlari qurilgan, 8 900 yangi transformator qo‘yilgan. 25 yilga nisbatan so‘nggi 4 yilda 2,5 baravar ko‘p ish qilingan”, deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda QALAMPIR.UZ muxbiri.
Birinchilardan bo‘lib ta’kidlnishicha, yangi tizim bo‘yicha ham ishlar olib borilyapti. Hozirda mahallabay ishlab, mahallalar “og‘ir” va “o‘ta og‘ir” toifalarga bo‘lingan.
“Ikkinchidan, mahallalarda yangi quriladigan elektr tarmoqlari va transformatorlarni qabul qilishda MFY raislari ham qatnashadigan mexanizmni joriy etdik.
Uchinchidan, temirbeton tarmoqlar va transformator ishlab chiqaradigan 13 ta korxonani ishga tushirdik. Joriy yilda 5377 ta mahallada 15 ming kilometrdan ortiq tarmoq tortiladi va 4 mingdan ortiq transformatorlar o‘rnatiladi. 2021 yilning o‘zida elektr tarmoqlari tizimida jami 430 million dollarlik ishlar amalga oshiriladi. Bunday mablag‘lar tarixda ajratilmagan”, dedi vazir.
Soha yetakchisi shuningdek, dalvat-xususiy sheriklik asosida 1 mlrd dollarlik investitsiya kirib kelayotganini qayd etdi. Alisher Sultonov yig‘ilishda qo‘shni davlatlar bilan oldin ishlagan yaxlit tizimni ham tiklanishini ma’lum qildi. Shuningdek, vazir bu yildan tizim talabni qondiriga tayyor bo‘lishini aytib, Prezidentga va’da berdi.
“Oldingidek kuz-qish mavsumi degan tushunchadan voz kechdik. Chunki yoz oylarida ham ishlatilayotgan sovitish tizimi hisobiga issiq davrda talab ham “pik” bo‘lyapti. Ajratilayotgan mablag‘lar hisobiga bu yildan boshlab zarur talabni qondira oladigan bo‘lamiz. Buning uchun qo‘shni davlatlar bilan oldin ishlagan yaxlit tizimni ham tiklayapmiz”, dedi vazir elektr ta’minoti bo‘icha rejalar haqida gapirib.
U gaz ta’minoti tizimida amalga oshiriladigan ishlar haqida ham ma’lumot berib, 678 ta mahallada gaz ta’minoti yaxshilanishini qayd etdi.
“Umuman, ta’minotni yaxshilash uchun 400 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Bundan tashqari, magistrallarni ta’mirlashning o‘ziga shu yilda 617 mln dollar yo‘naltiriladi. Bu shimoldan markazga gaz yetkazishni osonlashtiradi, vodiy ta’minoti yaxshilanadi.
455 km quvur tortishimiz kerak. Bu quvurlarning ayrimlari 1958 yilda tortilgan, ularning qalinligi 12 mm bo‘lishi kerak bo‘lsa, 1,5-2 mm.ga qadar yupqalashib qolgan. Bosimni oshiramiz desak yorilib ketadi”, dedi vazir.
Yig‘ilishda Prezident vazirni tinglagach, bu ishlar nega 4 yil avval emas, hozir amalga oshirilayotganiga to‘xtalib o‘tdi.
“Ko‘pchilik o‘ylashi mumkin, nega shu ishlar 4 yil avval qilinmagan deb. Buni o‘sha payt qila olmasdik, chunki gaz, elektr tizimining hisob-kitobi yo‘q edi. Hozirgi elektron hisoblash tizimini yo‘lga qo‘yganimiz hisobiga barchasini yo‘lga qo‘yib oldik. O‘sha 455 km quvurni almashtiramiz, bunda ham investorlarni jalb qilamiz. Bu masala ham juda muhim. “Svet”, gazi bo‘lmasa qanday qilib “Obod mahalla” yoki “Obod qishloq” bo‘lishi mumkin?”, dedi davlat rahbari.
Avvalroq, O‘zbekistonda tadbirkorlarning elektr ta’minotiga ulanishi uchun yig‘im joriy etilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi