Argentinada yirtqich dinozavrlarning yangi turi aniqlandi

Olam

−

image

Olimlar Argentinada yirtqich dinozavrlarning yangi turini topishdi. Unga Llukalkan aliocranianus nomi berilgan. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Yangi tur Janubiy yarim sharda yashagan abelizavridlar oilasi vakili hisoblangan. U Shimoliy yarim sharda yashagan tirannozavrning o‘ziga xos “egizagi” bo‘lgan.

Bu tur taxminan 80 million yil oldin yashagan va kattaligi (uzunasiga 5 metr), o‘tkir tishlari, ulkan tirnoqlari va rivojlangan hid bilish imkoniyati bilan hozirgi Patagoniyaning eng asosiy yirtqichi bo‘lgan.

Qazilma Argentinaning La-Invernada shahridagi mashhur qazilma joyi yaqinidagi Bagjio-de-la-Karpa degan joyidan topilgan.

Yangi tur mansub bo‘lgan abelizavridlar Afrika, Hindiston, Antarktida, Avstraliya va Janubiy Amerikaga bo‘linib ketgan  Gondvana subkontinentida yashagan, o‘rtacha uzunligi 5-9 metr bo‘lgan tropod dinozavrlariga mansub bo‘lgan. Bu oilaning 10 ta mashhur vakili aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing