Argentinada samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Argentinaning San-Fernando shahrida Bombardier Challenger 300 xususiy samolyoti qo‘nish vaqtida turar-joy binosiga urilib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida samolyotda bo‘lgan ikki uchuvchi halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy “La Nacion” nashri xabar berdi.

Argentina Milliy fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Urugvayning Punta-del-Este sayyohlik shahridan uchib kelgan va bortida yo‘lovchilar bo‘lmagan. Hozirda halokat sabablari aniqlanmoqda.

Nashrning yozishicha, samolyot Argentinaning Macro banki egalariga tegishli bo‘lgan. U qo‘nish vaqtida turar-joy binosiga urilgan va portlab, yonib ketgan. Samolyotda bo‘lgan ikkinchi uchuvchi – 35 yoshli Agustin Orforte hamda 44 yoshli Martin Fernandes Loza halok bo‘lgan. Halokat oqibatida atrofdagi mashinalar ham yonib ketgan va uchta uy zarar ko‘rgan. Ulardan birida yashovchi 73 yoshli erkak shifoxonaga yetkazilgan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan yong‘in o‘chirish brigadalari yetib borib, alanga o‘chirilgan. Ayni paytda tergovchilar halokat sabablari bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Texas shtati Viktoriya shahrida kichik samolyot favqulodda yo‘lga qo‘nishi oqibatida uchta avtomobil bilan to‘qnashgandi va ikkiga bo‘linib ketgan edi. Uchuvchi samolyotda yolg‘iz bo‘lgan. AQSH Federal aviatsiya boshqarmasi voqea yuzasidan tergov boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing