Argentina Prezidenti terma jamoa haqida o‘z fikrini bildirdi
Sport
−
14 dekabr 2022 11825 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Jamoa finalga chiqqanidan keyin mamlakat Prezidenti Alberto Fernandes terma jamoa haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Futbolchilar, murabbiylar shtabi va butun delegatsiya Argentinani yuqori cho‘qqiga olib chiqib, ushbu Jahon chempionatida aql bovar qilmaydigan jamoa shakllantirdi. Futbolchilar shon-shuhrat sari yo‘l har doim jamoaviy sa’y-harakatlardan iboratligini isbotladi”, deb yozdi Prezident o‘z Twitter sahifasida.
Ma’lumot uchun, 13 dekabr kuni Argentina terma jamoasi JCH yarim finalida Xorvatiya terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28