Argentina muxolifati Maradonaning dafn marosimi sabab Prezidentni sudga berdi

Olam

image

Argentina muholifati yetakchilari mamlakat Prezidenti Alberto Fernandes koronavirus pandemiyasi paytida joriy qilingan epidemiologik talablarni mensimay futbol afsonasi Diyego Maradona bilan vidolashish marosimini keng miqyosda tashkil qilishi, Konstitutsiyaga zid ekanini ta’kidlamoqda. Bu haqda “La Nacion” gazetasi yozdi.

“Birlashgan respublikachilar” liberal koalitsiyasi a’zolari Yamil Santoro va Antonio Fratamiko Federal sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilishgan. Ular Prezident Fernandesni karantin qoidalarini buzilishiga sabab bo‘lgan vaziyatni yaratishda ayblagan.

Liberal koalitsiya a’zolari Prezident mamlakat bosh qonunidagi tenglik prinsipini buzganini iddao qilib, bu holatni qoralagan.

“Diyego Maradona dafn marosimidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, bunday marosimni o‘tkazishda har kimning sharoitidan kelib chiqib ikki xil standart o‘rnatiladi. Agar mashhur bo‘lmasangiz COVID-19 profilaktikasi choralari qo‘llaniladi, agar taniqli bo‘lsangiz millionlab odamlarni Plasa-de-Mayo maydoni, unga yondosh ko‘chalar va hatto, Hukumat uyida ham to‘planishini cheklovchi standartlar ishlamaydi”, degan koalitsiya yetakchilari.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik sobiq futbolchi Diyego Maradona 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. Argentina Prezidenti futbolchining vafoti tufayli mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilgandi

26 noyabr kuni esa Buenos-Ayresda, futbol afsonasi Diyego Maradona bilan vidolashish marosimida tartibsizliklar yuz berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina Maradona

Baholaganlar

205

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing