Arablar O‘zbekistonda “yashil” vodorod zavodini quradi 

Jamiyat

image

Saudiya Arabistoni poytaxt Toshkent yaqinida yashil vodorod zavodini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “Acwapower” sayti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ar-Riyodda joylashgan ACWA Power kompaniyasi Energetika vazirligi va “O‘zkimyosanoat” davlat kimyo kompaniyasi bilan shartnomalar imzoladi. Shartlarga ko‘ra, kompaniya  2024 yil oxiridan boshlab Chirchiq shahrida yiliga 3000 tonna “yashil” vodorod ishlab chiqaradigan zavod quradi. Vodorod inshooti tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish uchun hududdagi mavjud ammiak zavodiga ulanadi.

Shuningdek, yana bir loyiha doirasida ACWA Power 500 000 tonna ammiak ishlab chiqarish quvvatiga ega inshootni rivojlantirish uchun texnik-iqtisodiy asoslash ishlarini olib boradi. 2024 yilgacha yakunlanishi kutilayotgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu loyiha O‘zbekistonning tabiiy gaz iste’molini yiliga 600 million kub metrga qisqartirishi kutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, bu kompaniya O‘zbekiston bilan 2022 yil avgust oyida umumiy sarmoyasi 12 milliard AQSH dollari bo‘lgan uchta yirik energetika bitimini imzolagan edi. 

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

energetika Saudiya Arabiston ammiak yashil vodorod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing