Tramp: Xitoy AQSHni koronavirus tarqalishi haqida ogohlantirishi kerak edi
Olam
−
23 mart 2020
11550AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoy hukumati AQSHni koronavirus tarqalishi haqida ogohlantirmaganidan norozi. Bu haqda Tramp jurnalistlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
"Agar bizda koronavirus bilan kurash uchun kamida 2-3 oy bo‘lsa yaxshi bo‘lar edi. Afsuski, Xitoy juda sirli davlat", dedi AQSH rahbari.
Trampning fikricha, "ertaroq ogohlantirish" amerikalik shifokorlarga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga tayyor turish imkonini berar edi.
Ma’lumki, AQSHda ham koronavirus pandemiyasi avj olib bormoqda. Xususan, Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda 22 mingdan ortiq kishida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holati qayd etilgan, shundan 278 holat vafot etgan.
Avvalroq, Tramp koronavirusga qarshi vaksina sinovini tezlashtirgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi