O‘zbek professional bokschisi mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
06 aprel 2019
8298Bugun Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan professional bokschimiz Sanjar Rahmonov o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Las-Vegasda o‘tkazilgan jangda o‘zbek bokschisiga amerikalik Keyt Xanter raqiblik qildi. 8 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Sanjar Rahmonovning profi ringda o‘tkazgan janglari soni 14 taga yetdi. U janglarining 11 tasini o‘z foydasiga hal etgan (5 ta nokaut). 1 ta durangga erishgan. Bugun faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Xanter uchun esa bugungi jang faoliyatidagi uninchisi bo‘ldi. U barcha janglarda g‘alaba qozonmoqda.
LiveBarchasi