Abdulla Abdullaga suiqasd uyushtirgan guruh nomi ma’lum - u “Tolibon” emas
Olam
−
07 mart 2020
11326Kecha, 6 mart kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi vitse-porezidenti Abdulla Abdullaga suiqasd uyushtirilgani haqida xabar berilgandi. Bugun, 7 mart kuni ushbu suiqasd uchun javobgarlikni "ISHID" terrorchilik harakati o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda "Reuters" agentligi ma’lum qilmoqda.
Hujum 25 yil avval "Tolibon" o‘ldirgan Hazara etnik lideri Abdul Ali Mazariy o‘limining 25 yilligi nishonlanayotgan marosim vaqtida amalga oshirilgan. Marosimda Afg‘oniston vitse-prezidentidan tashqari, bir qancha hukumat vakili ham ishtirok etgan. Lekin ularning hech biri jarohat olmagan.
Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchta prezidentlik saylovida Abdulla Abdulla ikkinchi o‘rinni egallab keladi. U 2014 yildan beri koalitsiya hukumatining ijrochi direktori, shuningdek, sobiq tashqi ishlar vaziri hisoblanadi.
AQSH, Yevropa Ittifoqi va NATO vakillari ushbu hujumni qoraladi.
“Xotira marosimida begunoh va himoyasiz odamlarga hujum qilish kuchlilikning belgisi emas, aksincha, kuchsizlik ifodasidir. Afg‘oniston xalqi terrorizmdan xoli kelajakka loyiqdir", dedi AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 32 taga yetgan. Jarohat olganlar soni esa 81 nafarligi aytilmoqda.
"Kobuldagi dahshatli hujum og‘riqli va qabul qilib bo‘lmaydigan holdir. Biz urush va zo‘ravonlikdan charchadik”, dedi Afg‘onistonning Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil komissiyasi rahbari Shahzod Akbar.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Hirotda tinch aholiga hujum uyushtirilgani haqida xabar berildi.
LiveBarchasi