Hirotda tinch aholi o‘qqa tutildi, qurbonlar orasida bolalar ham bor
Olam
−
07 mart 2020 11351 1 daqiqa
Afg‘oniston g‘arbida joylashgan Hirot provinsiyasida qilingan hujum oqibatida 7 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, 17 kishi jarohatlandi. Bu haqda provinsiya gubernatorligi ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum Xvaja nur qishlog‘iga, 6 mart tunida qilingan. Oqibatda 7 kishi, jumladan, bolalar ham halok bo‘lgan. Jarohatlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgan.
Kecha Afg‘oniston Islom Respublikasi vitse-prezidenti Abdulla Abdullaga suiqasd uyushtirilgani xabar qilingan edi. Hujum mamlakat poytaxti Kobul shahridagi marosim payti sodir etildi. Oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi esa jarohatlandi.
Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bu hujumni "insoniyatga va Afg‘oniston milliy birligiga qarshi jinoyat" deb atadi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust