Apreldan avtomobil ijara shartnomasini tasdiqlash uchun davlat boji kamaytiriladi
Jamiyat
−
05 mart 2019 7559 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qaror bilan agar yo‘lovchiga yo‘l haqi uchun chek berish yoki elektron qayd qilish imkoniyati bo‘lsa yo‘lovchini tashish uchun foydalaniladigan transport vositalarida kassa apparati mavjudligiga qo‘yiladigan talablar bekor qilinadi.
Shuningdek, 2019 yil apreldan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida ijara shartnomasini tasdiqlash uchun davlat boji hozirgiga qaraganda ikki marta kamaytiriladi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust