Apple yirik aksiyalar paketini Tim Kukka sovg‘a qildi
Olam
−
30 Sentabr 2020
5706Apple kompaniyasi o‘zining kattagina aksiyalar paketini kompaniya bosh direktori Tim Kukka sovg‘a qildi. Bu haqda AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha federal Komissiyasining veb-saytida e’lon qilingan.
Hujjatga ko‘ra, Kukka 339 987 ta cheklangan turdagi aksiyalar topshirilgan. Gap qimmatbaho qog‘ozlar haqida ketyapti. Paket narxi esa ko‘rsatilmagan.
"Biz so‘nggi o‘n yil ichida birinchi marta Timga Apple'dan ulushli grant taqdim etmoqdamiz", deyilgan Apple xabarida.
Ma’lumot uchun, Kuk hozirgi lavozimini 2011 yilning avgustida kompaniya asoschisi Stiv Jobs vafotidan bir oz oldin egallagan.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023