Apple yangi noutbuklarni namoyish qildi

Texnologiya

image

Amerikaning Apple kompaniyasi kecha, 10 noyabr kuni kompyuter va noutbuklar uchun ishlab chiqargan protsessorini namoyish qildi.

“Mac uchun oldinga ulkan qadam tashlashga to‘g‘ri keldi. Buning uchun biz bir qancha yangi texnologiyani ishlab chiqdik”, degan Apple`ning kompyuter ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga mas’ul vitse-prezidenti Jon Ternus.

Protsessor M1 nomini olgan. Ternusning ma’lum qilishicha, M1 maxsus Mac uchun ishlab chiqarilgan birinchi chip.

Ternusga ko‘ra, bu juda ajoyib chip. U Mac uchun yangi davr boshlanganini bildiradi. 8 yadroli protsessor 5-nanometrli texnologik jarayon bo‘yicha ishlab chiqilgan. 

Apple`ning protsessorlar ishlab chiqarish bo‘limi boshlig‘i Jon Shrujining ta’kidlashicha, M1`da yangi texnologiyalar bo‘yicha aqlbovar qilmas unumdorlikni ta’minlash uchun 16 mlrd dona tranzistor o‘rnatilgan. Protsessor yordamida bir soniyada 11 trillion amalni bajarish mumkin.

Apple`ning yangi protsessorida ishlovchi birinchi kompyuterlar 13 dyuymli MacBook Air va MacBook Pro noutbuklari hamda Mac mini nettopi bo‘ldi.

MacBook Air 2 Tb doimiy va 16 Gb tezkor xotiraga ega hamda qayta quvvatlanishsiz 18 soatgacha ishlay oladi. Noutbukda kuler bo‘lmaydi va shu sababli u “umuman shovqinsiz” ishlaydi. Noutbukning bazaviy modifikatsiyasi 999 dollar turadi. 

MacBook Pro noutbugi ham 2 Tb doimiy va 16 Gb tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Uning boshlang‘ich narxi 1299 dollarni tashkil qiladi. Qurilma qayta quvvatlanishsiz 20 soatgacha ishlay oladi.

Apple iyunda kompyuter va noutbuklar uchun shaxsiy protsessorini ishlab chiqarish niyatida ekanini bildirgandi. Kompaniya rahbari Tim Kuk buni “kompaniya uchun tarixiy lahza” bo‘lishini aytgan. Bungacha Apple kompyuterlarida 15 yil davomida Intel kompaniyasining protsessorlaridan foydalanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Apple 2020 yil kuzda ikkita taqdimotni o‘tkazib ulgurgandi. 15 oktyabr kunidagi taqdimotda yangi soat va iPad`lar namoyish qilindi, 13 oktyabr kuni esa yangi iPhone`lar taqdim etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Apple

Baholaganlar

116

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing