Apple yangi iPad modellarini qachon taqdim etishi ma’lum bo‘ldi 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Amerikaning Apple korporatsiyasi joriy yilning aprel oyida yangi iPad modellarini taqdim etmoqchi. Bu haqda "Bloomberg" manbalarga asoslanib xabar bergan. 

Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya takomillashtirilgan protsessor va takomillashtirilgan kameralarni qo‘shib, iPad Pro liniyasini yangilashni rejalashtirmoqda. 

Yangi modellar hozirgi iPad Pro'ga o‘xshash bo‘ladi, ya’ni, ularning ekrani o‘lchami ham 11 va 12,9 dyuymga teng bo‘ladi. 

Kompaniya shuningdek, ushbu gadjetlarning katta versiyasi displeylarini mini-LED texnologiyasi bilan jihozlamoqchi, bu esa tasvirlarni yanada yorqinroq qiladi. 

Manbalarga ko‘ra, ishlab chiquvchilar yangi planshetni sinovdan o‘tkazishda Thunderbolt konnektoridan foydalangan. 

"Ushbu port yordamida qurilmaga qo‘shimcha monitorlarni, tashqi qattiq disklarni va boshqa qurilmalarini ulash mumkin bo‘ladi", deb ta’kidlagan agentlik. 

Apple vakillari esa ushbu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortgan.


Maqola muallifi

Teglar

Apple iPad

Baholaganlar

21

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing