Apple yana bir taqdimot o‘tkazishini e’lon qildi

Texnologiya

image

Apple kompaniyasi joriy yilning 10 iyun kuni yana bir prezentatsiya o‘tkazilishini e’lon qildi. Bu kuz faslidagi uchinchi taqdimot. 

Taqdimotning rasmiy tafsilotlari ochiqlanmagan. Apple unda “Yana bir narsa”ni ko‘rsatishini aytgan.

Image

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya o‘zi ishlab chiqqan ARM-protsessorlari bilan jihozlangan makbuklarni namoyish qiladi. Bungacha kompaniya makbuklarida boshqa ishlab chiqaruvchilarning protsessorlaridan foydalangan. “The Verge”ning ta’kidlashicha, “Yana bir narsa” anonsini Apple alohida ahamiyatga ega mahsulotni namoyish qilishda ishlatadi.

Apple 2020 yil kuzda ikkita taqdimotni o‘tkazib ulgurdi. 15 oktyabr kunidagi taqdimotda yangi soat va iPad`lar namoyish qilindi, 13 oktyabr kuni esa yangi iPhone`lar taqdim etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Apple

Baholaganlar

72

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing