Apple o‘zi boshqariladigan avtomobil ishlab chiqaradi 

Texnologiya

image

Apple 2025 yilga borib to‘liq o‘zi boshqariladigan avtomobil chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, kompaniya qo‘lsiz boshqariladigan mashina yaratadi. Biroq, rul elektromobildan olib tashlanmaydi, chunki favqulodda vaziyatlarda odamlar boshqaruvni qo‘lga olishlari mumkin. 

Qayd etilishicha, Apple o‘z avtomobillarini Tesla’nikidan ancha xavfsizroq qilishni rejalashtirmoqda. Apple avtomobilining zaryadlanishi universal bo‘lishi aytilgan. 

Bundan tashqari, kompaniya noodatiy interer variantini ko‘rib chiqmoqda, bunda yo‘lovchilar salonning bir-biriga qarama-qarshi tomonlarida o‘tirishadi. 

Qayd etilishicha, mashinaning ichiga iPad’ga o‘xshash interaktiv ekran ham o‘rnatiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Apple yangi iPhone 13 smartfonlarini yetarlicha mikrosxemalar bilan ta’minlash uchun iPad ishlab chiqarishni keskin qisqartirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Apple

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing