Apple o‘z xodimlarini iPhone yordamida kuzatishda ayblandi

Olam

image

Apple kompaniyasi o‘z xodimlarini iPhone yordamida kuzatishda ayblandi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Apple reklama texnologiyalari bo‘limida ishlovchi Amar Bhakta shikoyat qilib, uni shaxsiy qurilmalarga o‘rnatiladigan kuzatuv dasturi yordamida kuzatishganini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya xodimlaridan o‘z shaxsiy telefonlariga dastur o‘rnatishni talab qiladi, bu esa Apple’ga xodimlarning elektron pochta, foto arxivi, sog‘liq holati va boshqa shaxsiy ma’lumotlariga kirish huquqini beradi.

“Agarda siz o‘z shaxsiy hisobingizni iPhone, iPad yoki Apple tomonidan boshqariladigan yoki unga tegishli kompyuterda ishlatsangiz, qurilmada saqlanadigan har qanday ma’lumot (shu jumladan, elektron pochta, rasmlar, videolar, eslatmalar va boshqalar) Apple tomonidan tekshirilishi mumkin”, deydi xodim.

Shuningdek, da’vogar Apple xodimlarga ish sharoitlarini muhokama qilishni, ommaviy axborot vositalari bilan aloqada bo‘lishni va kompaniya ichidagi buzilishlar haqida ma’lumotni oshkor qilishni taqiqlagan. 2020 yildan beri kompaniyada ishlayotgan Bhakta podkastlarda o‘z ishini muhokama qilishga ruxsat berilmaganini va LinkedIn profilidan ish sharoitlari haqidagi ma’lumotlarni o‘chirishga majbur bo‘lganini aytgan.

Apple ayblovlarga javob berib, ularning asossiz ekanini ta’kidladi va xodimlar har yili ish sharoitlarini muhokama qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlaridan o‘tishlarini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Apple xodim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing