Apple navbatdagi taqdimotini qachon o‘tkazishi ma’lum qilindi 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Apple kompaniyasining Siri ovozli yordamchisiga ko‘ra, brendning navbatdagi taqdimoti shu oyda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "The Verge" nashri xabar bergan.  

Manbaga ko‘ra, Siri ovozli yordamchisidan "Apple'ning navbatdagi taqdimoti qachon?" deb so‘ralganda, yordamchi keyingi tadbir 20 aprelda o‘tkazilishini ma’lum qilmoqda. 

Siri foydalanuvchini qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Apple'ning rasmiy veb-saytiga yuboradi, ammo u yerda hozircha bo‘lajak tadbir haqida ma’lumotlar yo‘q. 

Avvalroq, Apple korporatsiyasi joriy yilning aprel oyida yangi iPad modellarini taqdim etmoqchiligi haqida xabar bergandik.  

Xabarlarga ko‘ra, kompaniya takomillashtirilgan protsessor va takomillashtirilgan kameralarni qo‘shib, iPad Pro liniyasini yangilashni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Apple

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing