Apple kompaniyasi tarixga kirdi 

Texnologiya

image

Apple dunyoda bozor qiymati 3 trillion dollarga yetgan birinchi kompaniya bo‘ldi. Bu haqda Nyu-York fond birjasidagi savdolar ma’lumotlari darak bermoqda. 

2022 yilgi savdoning birinchi kuni o‘rtalarida Apple aksiyalari deyarli 3 foizga oshib, har bir aksiya uchun 182,86 dollarni tashkil qildi. Keyinchalik iPhone ishlab chiqaruvchisi aksiyalari narxi 182 dollardan pastga tushib, kompaniya kapitallashuvini 3 trillion dollardan sal pastroqqa olib keldi. 

2020 yil avgust oyida Apple’ning kapitallashuvi o‘z tarixida birinchi marta ikki trillion dollardan oshdi. Kompaniyaga 3 trillion dollar chegarasiga yetishi uchun taxminan 16 oy kerak bo‘ldi. Bu Germaniya yoki Buyuk Britaniya iqtisodiyotidagi butun fond bozori hajmidan ko‘proq. 

Eslatib o‘tamiz, Apple kompaniyasi iste’dodli muhandislarga ularning o‘z raqobatchilari, jumladan Meta Platforms’ga o‘tishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun aksiya ko‘rinishidagi bonuslarni taqdim etgandi. Bonuslar 50 000 dollardan 180 000 dollargacha edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Apple

Baholaganlar

276

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing