Apple xodimlarining ketib qolishidan qo‘rqib, ularga 180 000 dollargacha bonus berdi
Texnologiya
−
30 dekabr 2021
11639Apple kompaniyasi iste’dodli muhandislarga ularning o‘z raqobatchilari, jumladan Meta Platforms’ga o‘tishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun aksiya ko‘rinishidagi bonuslarni taqdim etdi. Bonuslar 50 000 dollardan 180 000 dollargacha. Bu haqda “Bloomberg” xabar bergan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kremniy chiplari, dasturiy va apparat ta’minot sohasida ishlovchi muhandislarning taxminan 10-20 foiziga rejadan tashqari bonuslar berilgan. Ko‘pgina muhandislar 80 000, 100 000 yoki 120 000 dollarlik aksiyalarni olgan.
Kompaniya o‘tgan hafta o‘z xodimlariga bonuslar to‘lash rejalari haqida ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, bu to‘lovlar Apple kompaniyasining asosiy ish haqi, aksiyalar va pul bonuslarini o‘z ichiga olgan muntazam mukofot paketlarining bir qismi emas.
Qayd etilishicha, Apple shu tariqa Kremniy vodiysida raqobatchilar bilan iqtidorli xodimlar uchun kurashmoqda, chunki Meta Platforms unga alohida xavf tug‘dirmoqda.
Shunday qilib, so‘nggi bir necha oy ichida Meta Platforms Apple’dan 100 ga yaqin muhandislarni jalb qildi, Meta’ning asosiy xodimlari esa Apple’ga o‘tdi.
“Bloomberg” yaqin kelajakda kompaniyalar virtual reallik va “aqlli” soatlar uchun qurilmalar ishlab chiqaruvchilar orasida asosiy raqobatchilarga aylanishini tan oldi.
O‘z navbatida, Meta Platforms ham iste’dodli muhandislarni jalb qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirdi. Xususan, Facebook, Instagram va WhatsApp sohibi o‘z xodimlarining maoshlarini sezilarli darajada oshirdi.
LiveBarchasi