Apple iPhone`ning 9 yangi modelini tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi

Texnologiya

image

Apple yil oxrigacha 9 ta yangi iPhone`ni taqdim etishni rejalashtiryapti. Bu haqda “MySmartPrice” xabar berdi.

Portal ma’lumotiga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Apple`ning to‘qqizta yangi modeliga sertifikatlarni ro‘yxatdan o‘tkazgan. Undagi A2172, A2176, A2341, A2342, A2399, A2403, A2407, A2408 va A2411 raqamlari iPhone 12 seriyasidagi gadjetlarga tegishli ekani taxmin qilinyapti.

Bu raqamlar iPhone 12, iPhone 12 Max, iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Max`ning turli ichki xotiraga ega versiyalariga tegishli.

iPhone 12 seriyasidagi smartfonlar joriy yilning sentyabr oyida namoyish etilishi kerak edi. Ammo koronavirus pandemiyasi sabab bu marosim ikki oyga kechiktirilishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

iPhone Apple

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing