Apple iPhone 14 smartfonlari va yangi aqlli soatlarini namoyish qildi

Texnologiya

image

Kecha, 7 sentyabr kuni Apple kompaniyasi kuzgi taqdimotini o‘tkazdi va yangi Apple Watch Series 8, Apple Watch SE, Apple Watch Ultra, AirPods Pro va iPhone 14 smartfonlarini taqdim etdi.

Apple Watch Series 8 Fitness+ bilan ishlaydi va qondagi kislorod, yurak ritmi va qon bosimini o‘lchaydi. Shuningdek, ma’lumotlar qattiq himoya qilinishi ta’minlanadi.

Qurilma ikki qavatli sensor bilan jihozlangan. Tizim spirtli ichimlik iste’mol qilsangiz, kasal bo‘lsangiz yoki yiqilib tushsangiz tana haroratiga qarab monitoring qilish imkonini beradi. Avtomobil halokatlarini aniqlab SOS raqamlar va tez yordamga xabar beradi. Apple Watch endi ayollar sog‘ligini nazorat qilishda alohida imkoniyatlarga ega.

Apple Event 2022’ning ikkinchi yangiligi Apple Watch SE bo‘ldi. 

Apple Watch SE avvalgi avlodlarga nisbatan 20 foiz tezroq, 30 foiz yorqinroq, Home App va Home Keys Wallet (Xonadon hamyoni) kabi yangi funksiyalarga ega. Avtomobil halokatlarini aniqlaydi.

Apple SE xususiyatlari esa Apple Watch 8 bilan deyarli bir xil. Ammo narxda unga yon beradi.

Taqdimotning yana bir yangiligi pple Watch Ultra modeli bo‘lib, u titan korpusga va 49 mm tekis ekranga, 60 soatgacha ishlay oladigan 36 soatlik batareyaga ega. Soatda sayohat uchun mo‘ljallangan Wayfinder funksiyasi ham mavjud. Bunga kompas, tungi rejim va 190 m masofadagi ovozli ogohlantirishlar kabi boshqa yangiliklar kiradi. Soatning ushbu versiyasidagi GPS eng aniq hisoblanadi.

AirPods Pro (2nd generation) —  yangi H2 chipi, shuningdek, yangi dinamiklarga ega. Ovoz sifati yaxshilandi, naushniklar o‘zi esa yanada aqlli bo‘ldi.

AirPods Pro 2 shovqinni birinchi avlod Pro'ga qaraganda 2 baravar ko‘proq filtrlaydigan eng kuchli ANC'ga ega.

Apple ilk kuzgi taqdimotida eng kutilgan mahsuloti iPhone 14 smartfonlarini namoyish qildi

Yangi “lineyka” iPhone 14, iPhone 14 Plus, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max’ni o‘z ichiga oladi.

Sanoat tahlilchilari kutganidek, kompaniya yangi avlodning kichik o‘lchamdagi modellarini chiqarmadi. Plus modeli diagonali 6,7 dyuymli displeyni, yanada arzon variant  diagonali 6,1 dyuymli displey bilan jihozlangan.

Ikkala model ham iPhone 13 Pro’da bo‘lgan A15 protsessorini oldi. Ular, shuningdek, 12 megapikselli asosiy kameraga ega bo‘ladi, Apple buni kam yorug‘likda yorug‘likni 49 foizga yaxshiroq suratga olishini ta’kidlaydi.

AQSHda iPhone 14 modeli 799 dollardan, 14 Plus esa 899 dollardan sotiladi. Har ikkala modelga 9 sentyabrdan boshlab oldindan buyurtma berish mumkin.

iPhone 14 Pro xususiyatlari mukammal dizayn va kuchli sistemaga asoslangan. Model ekranidagi “qosh” endi dinamik vazifa bajaradi. Endi u yerda qo‘ng‘iroqlar, musiqa, taymer, Face ID, eshitish vositalari va boshqalar ko‘rsatiladi.

Smartfonlar mos ravishda 6,1 yoki 6,7 dyuymli displeylar va 6 yadroli A16 Bionic protsessori bilan jihozlandi, qurilma 128 Gb dan 1 TB gacha xotiraga ega bo‘ladi.

Qurilmalarning optik qismi 48, 12 va 12 megapikselli datchiklarga ega asosiy kamera, 12 megapikselli selfi kamerani mujassamlashtirgan. Smartfonlar sotuvi 16 sentyabrdan boshlanadi, iPhone 14 Pro 999 dollardan, iPhone 14 Pro Max 1099 dollardan sotiladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

iPhone Apple

Baholaganlar

474

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing