APLning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sport

image

“Manchester Siti” vingeri Filipp Foden Angliya Premer-ligasida joriy mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda “Man Siti”ning rasmiy sayti xabar berdi.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 23 yoshli futbolchi 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 17 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Foden sovrin uchun raqobatda Erling Xoland (“Manchester Siti”), Aleksandr Isak (“Nyukasl Yunayted”), Martin Edegor (“Arsenal”), Koul Palmer (“Chelsi”), Deklan Rays (“Arsenal”), Virjil van Deyk (“Liverpul”), Oli Uotkinsni (“Aston Villa”) ortda qoldirdi.

Fodenning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 130 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 8 yoshidan “Manchester Siti” futbol akademiyasida shug‘ullangan “Chelsi”ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer Angliya Premer-ligasida joriy mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

APL futbol Filipp Foden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing