APLda yetakchi o‘zgardi. Sulsher hakamni ayblamoqda

Sport

image

Angliya Premer Ligasining 20-turidan o‘rin olgan bahsda “Manchester Yunayted” autsayder hisoblangan “Sheffild Yunayted” klubiga 1:2 hisobida o‘yinni boy berdi. Natijada MYU APL yetakchiligini “Manchester Siti”ga berib qo‘ydi.

O‘yindan so‘ng, “qizil iblislar” murabbiyi o‘z fikrlarini bildirdi. 

“Juda xafaman. Billi Sharp David De Xeaga urilib ketdi. Marsyalning hisoblanmagan golida esa hech qanday qoidabuzarlik bo‘lmagandi. Hakam ikkita xatoga yo‘l qo‘ydi. Ikkinchi golda juda beparvo o‘ynadik. 3-4 ta noto‘g‘ri qaror qabul qildik, bu bizga xos emas. O‘zimizga achinishga vaqt yo‘q. Shanba kuni navbatdagi o‘yin “Arsenal”ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Bu mag‘lubiyatni unutib, xulosa chiqarishimiz va davom etishimiz kerak”, deydi Sulsher.  

Ma’lumot o‘rnida, ushbu o‘yinni Piter Benks boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi.

Ayni vaqtda Angliya chempionatida turnir jadvali quyidagicha ko‘rinishda:


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher Manchester Yunayted

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing