APLda yangi mavsumning eng tezkor futbolchilari aniqlandi

Sport

image

Angliya Premer ligasi joriy yilgi mavsumining eng tezkor futbolchilari aniqlandi.

Unga ko‘ra eng tezkor futbolchi sifatida “Sautgempton” a’zosi Adam Armstrong qayd etildi. U shu paytgacha 35,65 km/soat tezlikka erishgan.

Ikkinchi o‘rin “Vulverxempton” futbolchisi Adama Traorega nasib etdi. Uning maksimal tezligi soatiga 35,6 km ko‘rsatkichni qayd etgan.

Kuchli uchlikni “Kristal Pelas”ning hujumkor yarim himoyachisi Uilfrid Zaxa egalladi. Uning tezligi soatiga 35,21 kilometrni tashkil etgan.

Kuchli o‘ntalikda, shuningdek, Natan Telya (“Sautgempton”), Ismaila Sarr (“Uotford”), Patrik Bemford (“Lids”), Antonio Ryudiger (“Chelsi”), Tayrik Mitchell (“Kristal Pelas”) va Rafinya (“Lids”) nomlarini ko‘rish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

APL Sautgempton Adam Armstrong Vul'verxempton Uilfrid Zaxa Kristal Pelas Adama Traore

Baholaganlar

26

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing