APL yangi mavsumi qachon boshlanishi e’lon qilindi

Sport

image

Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi 11 avgustdan start oladi. Bu haqda chempionat o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.

Dastlabki tur “Byornli”ning amaldagi chempion “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvi bilan boshlanadi. Shuningdek, 1-turda “Chelsi” va “Liverpul” jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Jamoalarning o‘yini 13 avgust kuni o‘tkaziladi.

Premer-liganing 2023/2024 yilgi mavsumining so‘nggi turi 2024 yilning 19 may kuni bo‘lib o‘tadi. Oxirgi turda “Arsenal” Londonda “Everton” bilan o‘ynaydi. “Manchester Yunayted” esa safarda “Brayton”ga qarshi bahs olib boradi.

Hammasi bo‘lib har bir jamoa ikki davrada 38 ta o‘yin o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan mavsumda “Manchester Siti” qatorasiga uchinchi bor chempion bo‘ldi. 2-o‘rin esa “Arsenal”ga nasib etdi. Angliya chempionatining kuchli uchligini “Manchester Yunayted” yakunladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Angliya Prem'er-ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing