APL translyatsiya huquqini sotishdan qancha daromad olgani ochiqlandi

Sport

image

Angliya Premer-ligasi “Sky Sports” va “TNT Sports” bilan 6,7 milliard funt sterlinglik (8,5 milliard dollar) yangi translyatsiya shartnomasini tuzdi. Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yangi shartnoma to‘rt yilga mo‘ljallangan: 2025 yildan 2029 yilgacha. Shu bilan birga, aynan “Sky Sports” APL o‘yinlarining ko‘p qismini - mavsumda 215 o‘yinni ko‘rsatish huquqini qo‘lga kiritdi. O‘z navbatida, “TNT Sports” shanba kuni kunduzi bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarni translyatsiya qilish huquqini saqlab qoldi. Ushbu formatda teleradiokompaniya har yili 52 ta uchrashuvni ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi.

Ma’lum bo‘lishicha, Angliya Premer-ligasi ushbu shartnoma shartlaridan juda mamnun bo‘lgan, chunki u jonli translyatsiya huquqlarini avvalgi shartnomaga nisbatan qiymatini to‘rt foizga oshirib sotishga muvaffaq bo‘lgan. Hozircha boshqa hech bir Yevropa futbol ligasi bunday natijaga erishmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa futbol Angliya Prem'er-ligasi translyatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing