APL tarixidagi 2000-penalti g‘alaba uchun kamlik qildi
Sport
−
15 avgust 2021
2325APL tarixidagi 2000-penalti g‘alaba uchun kamlik qildi
Kecha, 14 avgust kuni Uotford shahridagi “Vikarij roud” stadionida Angliya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan “Uotford” - “Aston Villa” (3:2) o‘yinida tarixiy voqea sodir bo‘ldi.
Gap shundaki, mezbonlar o‘yinning so‘nggi daqiqasida 3:1 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi. 97-daqiqada “Uotford” darvozasi tomon penalti belgilandi. Bu Angliya chempionati tarixidagi 2000-penalti sifatida qayd etildi. Nuqtaga yaqinlashgan “Aston Villa”ning 29 yoshli hujumchisi Denni Ings zarbani golga aylantirgan bo‘lsa-da, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.
Shu kunga qadar, Angliya Premer ligasida 459 futbolchi penaltidan gol urishni uddalagan. Penalti tepishda Alan Shirer (56), Frenk Lempard (43) va Stiven Jerrard (32) yetakchi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 1992 yilda birinchi divizion klublari tomonidan katta moliyaviy foyda olish maqsadida 1888 yilda tashkil etilgan Futbol Ligasi tarkibidan chiqib ketish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va Angliya futbol assotsiatsiyasi Premer liga nomi bilan qaytadan tashkil etilgan.
LiveBarchasi