APL klublari transferlarga sarflangan mablag‘ bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Sport

image

Angliya Premer-ligasi (EPL) klublari transferlarga sarflangan mablag‘ bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda BBC xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, ingliz klublari yozgi transferlar oynasi davomida yangi futbolchilarni xarid qilish uchun 3,46 milliard funt sterling sarflagan. Avvalgi rekord 2025 yil yozida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda klublar transferlar uchun 3,14 milliard funt sterling sarflagan edi.

Transfer oynasining so‘nggi kunida Premer-liga klublari umumiy qiymati 475 million funt sterling bo‘lgan bitimlarni rasmiylashtirdi. Ular orasida eng qimmati transfer – argentinalik yarim himoyachi Enso Fernandesning “Chelsi”dan “Manchester Siti”ga 125 million funt sterling evaziga o‘tishi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 sentyabr kuni Angliya Premer-ligasi, Ispaniya La Ligasi, Italiya A Seriyasi, Germaniya Bundesligasi va Fransiya Liga 1 chempionatlarida yozgi transfer davrining so‘nggi kuni bo‘ldi.

Turkiya klublarida tarkibni kuchaytirish uchun yana bir necha kun bor. Turkiya futbol federatsiyasi taqvimiga ko‘ra, Superligada yozgi transferlar va futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish davri ertaga, 4 sentyabr kuni yakunlanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing