AOKAdagi brifing xavfsizlik uchun onlayn tartibda o‘tkaziladigan bo‘ldi
Jamiyat
−
17 mart 2020
4662Avvalroq, O‘zbekistonda Hukumat raisi Abdulla Aripov tomonidan ommaviy tadbirlar, jumladan vazirlik va idoralarda majlislar o‘tkazilishiga nisbatan qo‘yilgan talablar buzilib, bugun, 17 mart kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida OAV xodimlari uchun Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi rasmiylari tomonidan brifing o‘tkazilayotgani haqida tanqidiy maqola e’lon qilgan edik. Ushbu maqoladan so‘ng tadbir bekor qilingan.
Shuningdek, uni o‘tkazuvchi tashkilotlar ro‘yxati o‘zgartirilgan. Brifing Xaliq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi rasmiylari ishtirokida onlayn tarzda o‘tkazilishi belgilandi.
“Bugun, 17 mart soat 15:00da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lmi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirlari ishtirokida “O‘zbekistonda koronovirus infeksiyasining tarqalishi va unga qarshi ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida bo‘lib o‘tadigan tadbir Youtube kanali va Agentlikning feysbukdagi sahifasi orqali onlayn rejimda o‘tkaziladi.
Brifing O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ommaviy tadbir va yig‘ilishlarni bekor qilish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasiga asosan, xafvsizlik nuqtai nazaridan onlayn tartibda o‘tkazilishi belgilandi”, deyiladi AOKA xabarida.
LiveBarchasi