AOKA “QALAMPIR.UZ” muxbirining sudga kiritilmagani yuzasidan Oliy sudga murojaat qildi

Jamiyat

QALAMPIR.UZ muxbiri sud majlisiga kiritilmadi. Prezident gapi yerda qoldimi? north_east

QALAMPIR.UZ muxbiri sud majlisiga kiritilmadi. Prezident gapi yerda qoldimi?

Avvalroq, “QALAMPIR.UZ” internet nashri muxbiri Zafarbek Solijonov kecha, 22 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudiga kiritilmagani haqida xabar bergan edik. Mazkur holatga Oliy sud ko‘z yumib turgan bir paytda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bayonot  bilan chiqdi. AOKA Matbuot kotibi Hikmatilla Ubaydullayevning ma’lum qilishicha, AOKA rasmiy ravishda Oliy sudga murojaat qilgan. Ubaydullayev o‘z bayonotida shunday deydi:

“Qalampir.uz” sayti muxbirlarining jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudiga kiritilmagani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bugun ushbu holatga oydinlik kiritish yuzasidan Oliy sud Axborot xizmati rahbari Aziz Abidovga murojaat qilindi. Aytilishicha, mazkur holat ayni paytda o‘rganilmoqda va natijasi haqida alohida bayonot beriladi.

Ushbu holat — sud tizimida shaffoflikni va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida jurnalistlarning ochiq sud majlislarida ishtirok etishi mexanizmini tashkil qilish bo‘yicha Oliy sud Plenumining qarorini imkon qadar tezroq joriy qilish zaruratini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasiga ko‘ra jurnalistlar sudlarning ochiq majlislarida va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish huquqi Oliy sud Plenumi qarorining asosiy mezoni bo‘lishi lozim, chunki sudlar faoliyatining ochiq va shaffofligi axborot ochiqligi va oshkoralik siyosatining amalga oshishida ham muhim ahamiyatga ega.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, o‘tgan uch yil mobaynida so‘z erkinligiga doir islohotlar jamiyatimiz hayotida tub burilish yasagani, xalqimizni qiynayotgan har turli muammolarni ko‘rsatib berayotgan eng katta kuch – bu mustaqil va xolis ommaviy axborot vositalari ekanligini unutmaslik zarur.

O‘ylaymizki, Oliy sud mutasaddilari vaziyatga xolisona baho berib, tegishli zarur choralarni ko‘radi”.


Maqola muallifi

Teglar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing