AOKA andijonlik blogerni himoya qilolmasligini tan oldi

Jamiyat

image
QALAMPIR.UZ surishtiruvi: Andijonlik bloger nega qamaldi? north_east

QALAMPIR.UZ surishtiruvi: Andijonlik bloger nega qamaldi?

Avvalroq, Facebook`dagi “Otabek Nuritdinov” profili egasi bloger Abdulfatto Nuritdinov 15 sutkaga qamalgani haqida xabar bergan edik. Mazkur ish bo‘yicha QALAMPIR.UZ shaxsiy surishtiruvini ham o‘tkazdi.

Oradan bir-necha kun o‘tib, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Abdulfatto Nuritdinov masalasiga munosabat bildirdi.

“Bizning agentlik fuqaro Abdufatto Nuritdinov bilan bog‘liq sud qaroriga ta’sir ko‘rsatishga haqli emas. Aybdor tomon sud qaroridan norozi bo‘lsa, kassatsiya tartibida yuqori turuvchi sud instansiyasiga murojaat qilishi mumkin”, deydi AOKA direktori Komil Allamjonov.

Ushbu holat tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum etish normasini tezroq bekor qilishni taqozo qiladi, deb qo‘shimcha qilgan Allamjonov.

Ma’lumot uchun, Abdulfatto Nuriddinovga nisbatan 6.690.000 so‘m jarima jazosi ham berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

bloger AOKA Abdulfatto Nuritdinov

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing