AO-2022. Nadal va Medvedev g‘oliblik uchun kortga chiqadi

Sport

image

Avstraliya ochiq chempionatida ikkinchi raqam ostida tasniflangan rossiyalik tennischi Daniil Medvedev gretsiyalik Stefanos Sitsipasni 4 setda 7:6, 4:6, 6:4, 6:1 hisobida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. 

Medvedev 2 soat 30 daqiqa davom etgan qarama-qarshilikda 13 marta “eys” zarbasini amalga oshirdi va 4 ta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi. Sitsipas esa 5 ta “eys” va bitta qo‘sh xatoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Endilikda, “Australian open” finalida Daniil Medvedev va ispaniyalik Rafael Nadal o‘zaro to‘qnash keladi.

Uchrashuvda Daniil g‘alaba qozonsa, ochiq era davrida “Grand Slam”dagi debyut unvonidan so‘ng ketma-ket ikkinchi yirik turnirida g‘alaba qozongan ilk tennischiga aylanadi. Agar Nadal titulga ega chiqsa, faoliyatii davomida “Katta Dubulg‘a” turniridagi 21-sovrinni qo‘lga kiritadi va Novak Jokovich (20) hamda Rojer Federerni (20) ortda qoldiradi. 

Avstraliya ochiq chempionatining amaldagi g‘olibi dunyoning birinchi raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich hisoblanadi. O‘tgan yilgi finalda u Medvedevni 7:5, 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Medvedev Nadal' AO-2022

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing