“Anu bola nima divotti?” Mansabdorlar qo‘shiqlar va qo‘shiqchilardan norozi
Madaniyat-san’at
−
28 Oktabr 2023
38791Kecha, 27 oktyabr kuni Madaniyat vazirligida san’at olami vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda o‘zbek qo‘shiqchilik san’ati tanqid ostiga olindi. Bu haqda "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi xabar berdi.
Yig‘ilishga Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchilik qilgan. Unda Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri Nodirjon Xolbo‘tayev, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlar uyushmasi raisi Rustam Abdullayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Botir Ergashev ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida xonandalarning saviyasiz qo‘shiqlar tayyorlayotgani, mavzularning bir-biriga o‘xshab qolayotgani, bir-nechta qo‘shiq chiqargan yangi “yulduz”larning ustoz san’atkorlarga behurmatlik qilayotgani va ularning obunachi yig‘ish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga o‘z ijod mahsuli o‘rniga turli kontentlar joylayotgani sabab o‘zbek qo‘shiqchilik san’atining saviyasiga putur yetayotgani keskin tanqid qilingan.
Vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedovning so‘zlariga ko‘ra, tez orada san’atkorlar uchun yangi ijodiy loyihalar yo‘lga qo‘yiladi va jonli ijroda qo‘shiq kuylovchi xonandalar soni ortadi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida bunday yig‘ilishlar 2017 yilgacha doimiy ravishda o‘tkazib kelinar edi. Keyinroq tashkilot huzurida Prezident topshirig‘i bilan Xalq artistlari klubi tashkil etildi. Ammo bu klub ochildiyu nima ish bilan shug‘ullangani, hozir bor-yo‘qligi ma’lum emas.
“O‘zbekkonsert” esa litsenziya “sotish” va mavsumdan mavsumga davlat tadbirlarini o‘tkazish bilan band.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "O‘zbekkonsert" davlat muassasasining 2023 yildagi 9 oylik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida tashkilotga yangi rahbar tayinlangandi.
LiveBarchasi