Antonio Konte “Napoli” ustoziga aylandi
Sport
−
05 iyun 2024 4370 1 daqiqa
Italiya A Seriyasidagi “Napoli” klubi mahalliy murabbiy Antonio Konteni bosh murabbiy sifatida e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Mutaxassis bilan shartnoma 2027 yilgacha imzolandi.
54 yoshli murabbiy bundan oldin “Chelsi”, “Inter” va “Totenxem” kabi klublarda faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, bu mavsum “Napoli” klubi Italia A Seriyasida 53 ochko bilan 10-o‘rinni egalladi. Yevropa Chempionlar ligasida esa jamoa nimchorak final bosqichida “Barselona”ga imkoniyatni boy berdi.
Xabibulloh Rayimov
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr