Antirekord yangilandi. Kunlik o‘sish 500 ga yaqinlashdi
Jamiyat
−
11 iyul 2020
20614Bugun, 11 iyul kuni O‘zbekistonda 486 holatda kasallik qayd etildi. Shundan 391 nafari karantin muassasalarida, 95 nafari aholi orasida aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazrligi xabar berdi.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 2 nafar, Xorazm viloyatida 1 nafar, jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Andijon, Jizzax, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 193 nafar fuqaro sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 12513 nafar bemordan 7723 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 61 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4733 nafar bemordan 45 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi