Antarktidadan dunyodagi eng yirik aysberg ajralib chiqdi
Bu qiziq
−
19 may 2021
9568Antarktidadan ayni paytdagi dunyodagi eng yirik A-76 aysbergi ajralib chiqdi. Bu haqda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan.
Ma’lum qilinishicha, ulkan muzning o‘lchami 170 kilometrni, kengligi esa 25 kilometrni tashkil etadi. Uning maydoni 4320 kvadrat kilometrga teng, bu Ispaniyaning Malorka oroli hududi bilan taqqoslanadi.
Ta’kidlanishicha, A-76 Ueddell dengizidagi Filxner-Ronne muzli tokchasining g‘arbiy qismidan chiqib ketgan.
Aysberg Buyuk Britaniyaning Antarktika xizmati tomonidan aniqlangan va AQSH Milliy muz markazi tomonidan Copernicus Sentinel-1 missiyasi tasvirlari yordamida tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida A68 aysbergi maydalanib, erib ketgandi.