Dunyodagi eng katta aysberg ochiq okeanga chiqdi

Olam

image

Bunday ulkan ko‘rinishga ega muz ob’ektlari doimiy ravishda kuzatuvda. Chunki ular suvda yuradigan yuk tashish kemalariga jiddiy xavf tug‘diradi.

2017 yilning iyul oyi G‘arbiy Antarktida muzliklaridan ajrab chiqqan eng katta aysberg yaqinda ochiq okean bo‘ylab suzishni boshlaydi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Hozir ushbu aysberg shimoli-sharq yo‘nalishi bo‘yicha yo‘l olgan. 2017 yilda u 6000 kvadrat kilometrga yaqin maydonga ega bo‘lgan, shu vaqtgacha sezilarli ravishda o‘zgarmagan. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, u ochiq okean sharoitida tezda parchalanib ketadi. 

“Agar u doimiy muzliklardan omon qolsa, men juda hayratlanar edim”, dedi Britaniyaning Suonsi universiteti professori Adrian Lakman.

Olimlarning ta’kidlashicha, aysbergning shimolga qarab harakatlanishi Antarktida janubiga iliq suvlarning kirishiga sabab bo‘ladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Antarktida aysberg

Baholaganlar

458

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing